Kompaniya haqida

Assalomu alaykum, biz sizni saytimizda kutib olishdan xursandmiz! Biz goʻsht navlarini koʻpaytirish, yetishtirish va qayta ishlash bilan shugʻullanadigan eng yirik goʻsht agroklasteri hisoblanamiz.

Kompaniyamiz "Italiya quyon yetishtiruvchilar Milliy Assotsiatsiyasi (ANCI)" ning Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarida Italiya quyon zotlarini yetishtiruvchi rasmiy hamkori hisoblanadi.

«Моя Мечта» agrokompleksi Toshkent viloyatining ekologik toza zonasida joylashgan, italiyalik mutaxassislar tomonidan butun Yevropa standartlariga javob beradigan ilgʻor texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqilgan, dunyodagi eng yirik quyonchilik klasteridir.

«Italiya quyon yetishtiruvchilar Milliy Assotsiatsiyasi (ANCI)” ga berilgan huquqlardan kelib chiqib, biz taqdim etilgan asl zotli quyon avlodlarining genetik kodidan quyonlar, urgʻochi quyonlar genetikasini va albatta quyon goʻshtini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanamiz.

Bizning agrokompleksimiz quyonchilik faoliyatini toʻlaqonli olib borish uchun zarur jarayonlarning toʻliq siklini oʻz ichiga oladi:

  • sunʼiy urugʻlantirish orqali quyonlarning goʻshtli zotlarini yaratish va yetishtirish imkonini beruvchi genetik markaz/laboratoriya;
  • quyonlarni toʻliq, muvozanatli va vitaminli oziqlantirishni taʼminlovchi ozuqa zavodi;
  • quyonlarini koʻpaytirish orqali olingan goʻsht mahsulotlarini tez, sifatli qayta ishlash imkoniyatini beruvchi qassobxona;
  • yuqori mahsuldorlikka ega organik oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan kompost zavodi.


Nima uchun aynan Italiya?

Italiyalik quyon yetishtiruvchilar 40 yildan ortiq vaqt davomida yuqori sifatli quyon zotlarini oʻrganib, ularning turli kasalliklar va ob-havo sharoitlariga chidamlilik koʻrsatkichlarini yaxshilashga erishishgan, quyon goʻshtining sifati va foydali xususiyatlarini saqlab qolgan holda, ularning genetikasini chiqarib keladilar.

Kompaniya gu'ruri

Yuqori malakali xodimlar.

Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida “Halal” standartlariga amal qilish.

Yevropa standartlariga muvofiq qat'iy sifat nazorati.

Barcha ishlab chiqarish sikllarida organik mahsulotlar ishlab chiqarish.

Eng yangi texnologiyalar boʻyicha toʻliq avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tsikli.

Bizning hamkorlarimiz

«Моя Мечта» agrokompleksi uzoq muddatli va o'zaro manfaatli hamkorlikni taklif etadi. Uzluksiz hamda ishonchli etkazib beruvchi hamkor bilan aloqa qilish imkoniyatini boy bermang.

BIZ BILAN HAMKORLIK QILISHNI XOHLAYSIZMI?

BOSING

MCHJ "QUYONCHILIK VA NASILCHILIK AGRO KOMPLEKS"

QK MChJ "INTERTRADE HOLDING"

Kompaniya haqida

«Моя Мечта» agrokompleksi Toshkent viloyatining ekologik toza zonasida joylashgan, italiyalik mutaxassislar tomonidan butun Yevropa standartlariga javob beradigan ilgʻor texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqilgan, dunyodagi eng yirik quyonchilik klasteridir.

Bog'lanish

  • 110907, O‘zbekiston Respublikasi,
    Toshkent viloyati,
    Quyichirchiq tumani, Beruniy

  • +998-99-849-60-33

  • info@my-dream.uz

Bo'limlar

  • Asosiy

  • Kompaniya

  • Mahsulotlar

  • Hamkorlar

  • Bog'lanish

MCHJ "QUYONCHILIK VA NASILCHILIK AGRO KOMPLEKS"

QK MChJ "INTERTRADE HOLDING"

  • 110907, O‘zbekiston Respublikasi,
    Toshkent viloyati,
    Quyichirchiq tumani, Beruniy
  • +998-99-849-60-33
  • info@my-dream.uz